Myunxenning “Bavariya” klubi ketma-ket beshinchi bor Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Chempionat yakuniga 3 ta tur qolgan bo‘lsa-da, “Bavariya”ning raqiblari unga yetib olish imkoniyatini yo‘qotdi. Ikkinchi o‘rinni egallab turgan va o‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan “Leypsig” 31-turni golsiz durang bilan yakunladi.
“Bavariya” esa safarda “Volfsburg” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va chempionlikni rasmiylashtirdi.
Bu qiziq. “Bavariya” o‘z tarixida uchinchi bor safarda “Volfsburg”ni taslim etish orqali mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi — 2003, 2007, 2017.
Germaniya Bundesligasi 31-tur o‘yinlari 29-aprel, shanba
“Borussiya D” — “Kyoln” 0:0
“Leypsig” — “Ingolshtadt” 0:0
Chetlatish: Alfredo Morales, 86 (I).“Volfsburg” — “Bavariya” 0:6
Gollar: David Alaba, 19 (0:1). Robert Levandovski, 36 (0:2). Robert Levandovski, 45 (0:3). Aryen Robben, 66 (0:4). Tomas Myuller, 80 (0:5). Joshua Kimmix, 85 (0:6).Chetlatish: Luis Gustavo, 78 (V).30-aprel, yakshanba“Xoffenxaym” — “Ayntraxt” — 20:30
Izoh (0)