AQSh prezidenti Donald Tramp Massachusets shtati senatori Elizabet Uorren 2020-yilgi prezidentlik poygasida unga raqib bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bu Pokaxontas (Elizabet Uorren) bo‘lishi mumkin. Buni yodda tuting”, — dedi davlat rahbari, keyingi saylov haqida fikr yuritarkan.
Senatorning hindu ajdodlari yo‘qligi, pokaxontas qabilasi bilan qarindoshlik esa universitetga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lish uchun o‘ylab topilgani aniqlangach, Tramp Elizabet Uorrenga Pokaxontas laqabini bergan edi.
Izoh (0)