O‘zbekistonda 29-aprel kuni “Salomatlik sari” ommaviy yugurish tadbirlari o‘tkazildi, deya xabar bermoqda O‘zA.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan aksiyada 35 mingga yaqin turli soha xodimlari, faxriylar, xotin-qizlar, yoshlar ishtirok etdi.
“Tadbirning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqalarida 4 mingdan ortiq ishtirokchi o‘z shijoati, irodasi, matonati va tezkorligini namoyon qildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbir qatnashchilari “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi”, “Eng yosh ishtirokchi”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun” singari turli nominatsiyalar bo‘yicha ham rag‘batlantirildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)