Namanganda “Prezident e’tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostida 43 juft kelin-kuyovning nikoh, 283 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ularning dastlabkisi Yangiqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Tuman markazidagi SD Center to‘y-marosimlar majmuasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, viloyat va tuman hokimliklari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilgan 21 nafar bolaning sunnat to‘y marosimida ularning ota-onalari, yaqinlari, mahalla faollari, mehnat faxriylari, nuroniylar ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov to‘kin dasturxon atrofida o‘tirgan to‘ybolalarning har biriga hisob raqamiga 1 million so‘mdan pul mablag‘i o‘tkazilgan jamg‘arma omonat daftarchalarini topshirdi. Tuman hokimligi va jamoat tashkilotlari tomonidan sovg‘a-salomlar, kitob to‘plamlari taqdim etildi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehri Abdullayeva, xonanda Hamidjon Mallaboyev, tuman madaniyat bo‘limining “Shodiyona” ansambli ishtirok etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)