Uzreport professional boksning super-og‘ir vaznidagi sportchilari — Vladimir Klichko va Entoni Joshua o‘rtasidagi chempionlik jangini bugun — 30-aprelga o‘tar kechasi tungi 1:40 dan boshlab namoyish etadi.
Bugungi boks kechasini UzReport telekanalida Davran Fayziyev sharhlab boradi. U o‘zining Facebook sahifasida mazkur jang oldidan quyidagi faktlarni yozib qoldirdi.
- Vladimir Klichko va Entoni Joshua 16 yillik farq bilan Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan. 1996-yilda Vladimir, 2012-yili o‘z uyida Entoni.
- Joshua Olimpiadani yutganida Klichko profringda 50 dan ortiq jang o‘tkazib bo‘lgandi.
- Klichko Olimpiada chempioni bo‘lganida Joshua 6 yoshda edi.
- Entoni Joshua — professional ringda 18 jang, 18 g‘alaba va 18 nokaut.
- Joshuaga qarshi chiqqan raqiblardan hech kim yettinchi raundan nariga o‘ta olmagan.
- Klichko boksning superog‘ir vaznida eng uzoq vaqt davomida chempion bo‘lgan bokschilardan biri hisoblanadi.
- Raqiblari bo‘yida farq yo‘q. Entoni qo‘llarining uzunligi bo‘yicha ustun. Bu esa Klichkoga qarshi chiqadigan bokschilarda kam uchraydigan holat.
- Ikki yil oldin Joshua Klichko ishtirok etgan mashg‘ulotda sparing sherik rolini o‘ynagandi. O‘shanda Vladimir yosh bokschining ulkan potensiali va kuchiga tan berib, uni og‘ir vazn kelajagi deb aytgandi.
- Jangni “Uembli” stadionida 86.000 muxlis tomosha qiladi. Rekordga yaqin ko‘rsatkich.
- Bukmekerlik kompaniyalari tarixda ikkinchi bor boks oldidan Klichkoni favorit deb e’tirof etmayapti.
- Bu “tajriba” va “yoshlik” o‘rtasidagi klassik to‘qnashuv.
Tezkor Joshuada imkon dastlabki besh raundda bo‘ladi. Undan o‘tib ketsa, Klichko bir necha o‘n yil ichida yozgan boks kitoblari kutubxonasiga olib kirib, dars berib qo‘yadi.Davron Fayziyev, sharhlovchi
Izoh (0)