SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask o‘zining yangi loyihasi – yer osti tunnel tizimining yangi tafsilotlarini haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Business Insider’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
TED Talk tadbiridagi chiqishi doirasida Mask loyihaning tugallangan varianti qanday ko‘rinishda bo‘lishi aks etgan videoni namoyish qildi.
2016-yilning oxirida tashkil qilingan The Boring Company loyihasi milliarderning so‘nggi g‘oyalaridan biri sanaladi. Loyihani SpaceX muhandisi Stiv Devis boshqarmoqda. Kompaniya dastlab Los-Anjelesda yer osti tunnellar tarmog‘ini yaratmoqchi.
Mavzuga doir: Foto: Ilon Maskning Los-Anjelesda tunnel qurish uchun mo‘ljallangan burg‘ulash mashinasi
Platforma tezligi soatiga 200 kilometrgacha yetishi ko‘zda tutilgan. Platforma ustida turgan avtoulov esa umuman harakatlanmaydi. Safar yakunida avtomobil yuqoriga ko‘tariladi va haydovchi mashinani odatiy yo‘l bo‘ylab o‘zi haydab boradi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)