22-aprel kuni Buxoroda voyaga yetmaganlar ishlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka hamda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tabdirda mazkur komissiyalarning a’zolari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, huquq-tartibot organlari, ta’lim muassasalari rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Qo‘shma majlisni viloyat hokimi O‘. Barnoyev kirish so‘zi bilan ochdi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasining faoliyati to‘g‘risida so’zga chiqqan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh. Aliyev yangidan tashkil etilgan mazkur komissiya, shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasi ishi samaradorligini oshirish masalalariga batafsil to‘xtaldi.
Qo‘shma majlis davomida viloyat rahbari O‘. Barnoyev umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatidagi jiddiy kamchiliklar, chunonchi, o‘quvchilarning darslardagi davomati pastligi, sinf rahbarlarining tarbiya masalalariga e’tibori sustligi, maktablar hududi yetarli darajada obodonlashtirilmagani, bilim dargohlaridagi tibbiyot xonalarining ko‘ngildagidek ishlamayotgani uchun shahar va tumanlar hokimlari, xalq ta’limi tizimi rahbarlari, maktab direktorlari va boshqa mutasaddilarni qattiq ogohlantirib, sohadagi ahvolni tubdan yaxshilashni talab qildi.
Izoh (0)