Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi qabulida fuqarolar tomonidan keltirilgan o‘nlab masalalarga oqilona yechim topish hamda murojaatchilarning ehtiyojini qondirish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilari zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligining axborot xizmati.
Xususan, qabul jarayonida “Cho‘lpon 100 yilligi” mahallasida istiqomat qiluvchi Marg‘uba Isomiddinovaning masalasi ko‘rib chiqildi. Ayol ikki yil ilgari bir kunda bir tonna paxta chiqindisini qayta ishlab, zichlangan to‘y paxta tayyorlashga ixtisoslashgan Global ekstrabe MChJni tashkil etgan. Kichik korxonada o‘n kishi ish bilan band. Mahsulot Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlariga eksportga yo‘naltirilmoqda.
Korxona ijaradagi binoda faoliyat ko‘rsatayotganligi tufayli kredit olish va ish ko‘lamini kengaytirish borasidagi rejalarni amalga oshirishning imkoni bo‘lmayotgani tufayli hokimga murojaat qilindi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)