Shimoliy Koreya AQShga to‘satdan oldindan zarba berilishini istisno etmadi. Bu haqda mamlakatning BMTdagi doimiy vakilligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“AQShning qarama-qarshi turish siyosati o‘zgarmasa, KXDR oxirigacha borishga tayyor. Bizning aksilharakatlarimiz o‘z ichiga yer, suv, suv osti va havodagi manyovrlardan iborat to‘satdan beriladigan oldindan zarbalar, shuningdek, boshqa usullarni o‘z ichiga oladi”, — deyiladi vakillik bayonotida.
Bayonotda ishontirilishicha, “KXDR total urushga keng ko‘lamli urush, o‘z uslubidagi yadro zarbali yadro urushi bilan javob beradi va, albatta, amerikaliklar ustidan g‘alaba qozonadi”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)