Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tinder nomli mashhur tanishuvlar dasturida Sudan nomli erkak shimol oq karkidoniga sahifa ochildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: New York Post

Foto: New York Post

“Eng ko‘p havas keltiradigan bo‘ydoq” deb ham ataluvchi Sudanning profilidagi ma’lumotlar bo‘limiga uning yoshi 43, bo‘yi 180 santimetr, og‘irligi ikki tonna deb kiritildi. Ko‘katlarni chaynash va balchiqda yotish uning sevimli mashg‘ulotlari sifatida qayd etildi. Bo‘ydoq karkidon Keniyadagi qo‘riqxonada “istiqomat qiladi”.

Qayd etilishicha, Sudanning tanlovi juda chegaralangan: uning turida dunyoda faqatgina ikkita urg‘ochi karkidon bor. Biroq Sudan ular bilan ham juftlasha olmaydi: buning uchun erkak karkidon jangda urg‘ochining ustidan g‘alaba qozonishi lozim, ammo Sudan yutish uchun qarilik qiladi. Agar ular nasl qoldira olmasa, ushbu turdagi karkidonlar butunlay yo‘qolib ketadi. Bugungi kunda ushbu karkidonlar sutka davomida qurollangan maxsus xizmat xodimlari tomonidan nazorat ostida bo‘lib turibdi.

Ushbu turdagi karkidonlarni saqlab qolish uchun faqatgina sun’iy urug‘lantirish yordam berishi mumkin. Biroq u juda qimmat jarayon sanaladi.

140 milliondan ziyod foydalanuvchiga ega Tinder tanishuvlar dasturidagi aksiya ham odamlarga karkidon haqida ma’lumot tarqatib, tezroq pul to‘plash maqsadida tashkil etildi.

Agar karkidon foydalanuvchilarga “yoqsa”, ularga xayriya uchun ma’lumotlar taqdim etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi