Hindiston Odisha shtati orollarining biridan o‘rta masofali Agni III ballistik raketasini uchirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Boshqariladigan snaryadlar ishlab chiqish kompleks dasturi doirasidagi uchirish 3 ming kilometr masofali raketalarni sinovdan o‘tkazishning bir qismi bo‘ldi. Bu strategik qo‘shinlar qo‘mondonligi tomonidan mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari davlat tashkiloti ko‘magida amalga oshirildi”, — ma’lum qildi Hindiston vakillari.
Hindiston armiyasi ilgari Agni III raketalaridan foydalangan. Agni II asosida ishlab chiqilgan mazkur raketaning uzunligi 17 metrni tashkil etadi. U 2 metr diametrli ikki pog‘onadan iborat.
Izoh (0)