Ikki alpinist Yevropaning eng baland hisoblangan Elbrus tog‘iga chiqishda, dengiz sathidan, taxminan 4,9 ming metr balandlikda qulab ketgan. Bu haqda “TASS”ga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.
Rossiyadagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Elbrus tog‘ qidiruv va qutqaruv guruhi (EVPSO) boshlig‘i Abdulloh Guliyevning so‘zlariga ko‘ra, Elbrusga chiqish paytida ikki nafar gid qulab tushgan va ikkisi ham halok bo‘lgan.
Guliyevning so‘zlariga ko‘ra, ular to‘rt nafar rossiyalik turistlardan iborat guruhda bo‘lgan. Qolgan ikki nafari voqea sodir bo‘lganiga qaramay tog‘ga ko‘tarilishni davom etgan. Halok bo‘lganlar alpinistlarni tez-tez Elbrusga kuzatib boruvchi tajribali gidlar bo‘lishgan.
Halok bo‘lganlarning ikkisi ham Nalchik shahrida istiqomat qilgan. Ularning qulashiga tog‘ qiyaligida ochiq muz sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)