Yo‘qolib borayotgan tabiat mo‘jizalari (fotogalereya)
Tabiat ko‘plab ajoyib joylarni yaratgan, ammo global isish va antropogen omillar tufayli, ularning ba’zilari yaqin 100 yil yoki hatto undan ham avvalroq yo‘qolib ketishi mumkin. Insider Pro nashri yo‘qolib ketish xavfi ostidagi tabiat mo‘jizalari ro‘yxatini tuzdi.
Seyshel orollari — qumli plyajlar eroziya tufayli yemirilmoqda
El-Mirador jarligi va Tikal milliy bog‘i, Gvatemala — bu yerdagi mayyalar shaharlari xarobalari osori atiqa qidiruvchilar va o‘rmon yong‘inlari natijasida vayron bo‘lishi mumkin
Sundarban, Hindiston va Bangladesh — ushbu hududda dengiz sathi tez ko‘tarilmoqda, natijada sohilda eroziya yuzaga kelmoqda
Patagoniya muzliklari, Argentina — yog‘inlar miqdori kamayishi va isish natijasida ularning maydoni qisqarmoqda
Saara-de-la-Syerra, Ispaniya — ushbu yam-yashil orolcha ham yog‘inlar miqdori kamayishi va isish natijasida o‘ziga xos go‘zalligini yo‘qotishi mumkin
Tashqi sayozliklar, Shimoliy Karolina — sohil doimiy ravishda eroziyaga uchramoqda, 1870-yilda qurilgan Xatteras mayog‘i ham yo‘qolib ketish xavfi ostida
Madagaskar o‘rmonlari — doimiy yong‘inlar va daraxtlarning yoppasiga kesilishi tufayli, 35 yildan kam umri qoldi
Gleysher milliy bog‘i, Montana — qachonlardir bu yerda 150 ta muzlik bo‘lgan, hozirda esa ular 25 tadan kam. 15 yildan so‘ng birorta ham qolmasligi mumkin
Venetsiya, Italiya — shahar dengiz tubiga cho‘kmoqda va bu jarayonni to‘xtatib bo‘lmaydi
Machu-Pikchu, Peru — yer o‘pirilishlari, eroziya va turistlar olomoni inklar shahri xarobalarini vayron qilishi mumkin
Galapagos orollari — ko‘p sonli turistlar va ular bilan birga paydo bo‘layotgan begona turlar orolning o‘ziga xos ekotizimini xavf ostida qoldirmoqda
Kongo jarligi, Afrika — dunyodagi ikkinchi eng katta tropik o‘rmon 2040-yilgacha yo‘qolib ketadi
O‘lik dengiz — dengiz sathi doimiy ravishda pasayib bormoqda, u yaqin 50 yil ichida butunlay g‘oyib bo‘lishi mumkin
Evergleyds milliy bog‘i, Florida — o‘ta ko‘p suv, begona turlarning mo‘lligi va shaharsozlik faoliyati Florida botqoqliklarining o‘ziga xos ekotizimini tez orada yo‘q qilib yuborishi mumkin
Alp tog‘lari, Yevropa — har yili muzliklar maydoni taxminan 3 foizga kamayib bormoqda, 2050-yilga kelib, ular umuman qolmasligi mumkin
Izoh (0)