Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish dengiz kuchlari hamda AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Yapon dengizida raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil etdi. Bu haqda Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish dengiz kuchlari qo‘mondonligi e’loniga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘quv mashqlarida Yaponiyadan “Tyokay” nomli esminets, Amerikaning esa Fitzgerald esminetsi ishtirok etmoqda. Ushbu ikkala esminets Aegis nomli jangovar axborot-boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan.
Ta’kidlash joiz, Yaponiya va AQShning ushbu hududdagi qo‘shma mashg‘ulotlari Koreya yarimorolida vaziyat mushkullashgan, KXDR tomondan doimiy ravishda raketalar uchirilayotgan vaqtda tashkil etildi.
Avvalroq Koreya va AQSh harbiy-dengiz kuchlari Sariq dengizda birgalikdagi manyovrlarni boshlagani xabar qilingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)