Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida birinchi tijorat kosmik markazi qurilishi boshlandi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda, deb yozadi “Kommersant”.
Kosmodrom 2020-yilgacha kosmik sohada faoliyat yurituvchi kamida 100 ta tashkilotni jalb etishga qaratilgan. Markaz Sinchjou hududida 68,8 kvadrat kilometr maydonni egallaydi.
Raketa parvozi bo‘yicha tijorat xizmatlarini ko‘rsatuvchi Expace Technology ushbu loyihaga 1,7 milliard yuan (2,47 million dollar) investitsiya kiritadi. Mablag‘lar katta yoqilg‘i bilan ishlaydigan tashuvchi raketalar uchun ishlab chiqarish va yig‘ma detallarni yaratish uchun yo‘naltiriladi.
Kompaniya har yili 20 ga yaqin raketa ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)