26-aprel kuni Nyu-Yorkda amerikalik rejissor, prodyuser va ssenariynavis Jonatan Demme 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Meduza yozmoqda.
2010-yili Demmeda oshqozon saratoni aniqlangan edi. Oxirgi bir necha hafta davomida uning ahvoli keskin yomonlashgan edi.
Demmening eng mashhur filmi Entoni Xopkins ishtirokidagi “Qo‘zichoqlar sukuti”dir. 1991-yili namoyish qilingan ushbu film uchun u eng yaxshi rejissor sifatida “Oskar” mukofotini olgan edi. Umumiy hisobda film beshta “Oskar”ga sazovor bo‘ldi.
Uning “Oskar” olgan boshqa bir filmi Tom Xenks ishtirokidagi “Filadelfiya” kartinasidir. Shuningdek, uning Clinica Estetico nomli prodyuserlik kompaniyasi bor edi.
Izoh (0)