AQSh prezidenti Donald Tramp ayollarga nisbatan iliq fikrda bo‘lib, u ayollar ham erkaklar singari yaxshi ishlashi mumkinligini biladi. Bu haqda prezidentning qizi Ivanka Tramp hamda uning norasmiy yordamchisi Berlinda tashkil etilgan “Ayollar yigirmataligi”da ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ivanka Tramp “Ruhlantiradigan ayollar: ayollar tadbirkorligini oshirish” mavzusidagi davra suhbatida otasining unga bergan tarbiyasi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Otam xususiy sohada ishlagan vaqtida ayollar haqida iliq fikrda bo‘lgan. U ayollar ham erkaklar singari yaxshi ishlashi mumkinligini bilgan.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!“Birinchi raqamli qiz” sifatida aytishim mumkinki, u meni ham hech narsa va hech kimdan kam bo‘lmaydigan, xohlagan barcha narsamga erisha oladigan qilib tarbiyalagan. Men o‘zim istagan yo‘lda bora olardim. Bu oson emasdi, u bizga shunday sharoitni yaratib berdi. U, masalan, men bilan akamni ajratmagan. Biz bularni u tadbirkor bo‘lganida ko‘rganmiz va sizlar ham buni u prezidentligida ko‘rasizlar.
Ivanka Tramp
Izoh (0)