Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi Suriya shimoli-sharqidagi Kurdiston ishchi partiyasi marralariga berilgan zarbalar natijasida 70 ga yaqin kurd jangarisi yo‘q qilinganini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
25-aprel ertalabki soatlarda Turkiya aviatsiyasi Iroq shimolidagi Sinjor mintaqasiga zarbalar bergani ma’lum bo‘lgan edi. Besh kurd jangarisi halok bo‘lgan, to‘qqiz nafari yaralangan edi. Shuningdek, bir nafar tinch aholi vakili o‘ldirilgan, bir nafari yaralangan, radiostansiya vayron bo‘lgan edi.
Shu paytning o‘zida Turkiya kuchlari Suriya kurdlari o‘zini mudofaa qilish kuchlari (YPG) bazalariga zarbalar berdi. Hujum Suriya shimoli-sharqidagi Xaseke viloyati Derik shahri yaqinidagi Qarachox tog‘larida amalga oshirildi.
Kun yakunlariga ko‘ra Iroqda 40 terrorchi, Suriyada esa 30 terrorchi yo‘q qilingan.
Izoh (0)