Osiyo Chempionlar ligasining o‘tgan yilgi mavsumida chorak finalga qadar yetib borgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi joriy mavsumda guruhda qolib ketishi mumkin.
5-tur doirasida “temiryo‘lchilar” Saudiyaning “At-Taavun” klubini qabul qilib, 4:4 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvda Marat Bikmayev xet-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bitta gol Jaloliddin Masharipov hisobiga yozildi. Shunga qaramay, “Loko” qo‘shimcha daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Tomonlarning Saudiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinida mezbonlar 1:0 hisobida ustun kelgandi. Mazkur klub “Al-Ittihod” turnirdan chetlashtirgani uchungina kutilmagan bir alfozda Chempionlar ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgandi. 5-turdan keyin saudiyaliklar O‘zbekistonning amaldagi chempioni bilan bir xilda ochko jamg‘argan.
Toshkentning “Bunyodkor” klubi Chempionlar ligasining guruh bosqichidan o‘ta olmay turib, 5-turda zafar quchgandi. Endi “Lokomotiv” ham ishtirokiga shu bosqichda yakun yasash arafasida turibdi. Biroq nazariy jihatdan imkoniyatlar so‘nggi turga qadar saqlanib qoladi.
Osiyo Chempionlar ligasi “A” guruhi. 5-tur 25-aprel, seshanba
Izoh (0)