29-aprel kuni yilning eng yaxshi boks kechalaridan birida Entoni Joshua hamda Vladimir Klichko o‘zaro ringga tushadi.
Mazkur jang oldidan IBF yo‘nalishida jahon chempioni va hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan Entoni Joshua o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Men bosimni umuman his qilayotganim yo‘q. Uning nimaga qodirligini tahlil qilaman va jangni o‘z uslubimda olib borishga intilaman.Ma’lomot uchun, Joshua—Klichko to‘qnashuvi UzReport telekanalida jonli ko‘rsatiladi.Men ringda shunchaki zarba berib yuradigan bokschi emasman. Klichkoni o‘rganib olishim uchun menga 3 yoki 4 raund yetarli. Shundan so‘ng ringni raqibim uchun do‘zaxga aylantiraman.
Klichko jang boshida yetakchilik qilishi mumkin, ammo oxirida faqat men g‘alaba qozonaman.
Entoni Joshua, bokschi
Izoh (0)