Dilshod Nuraliyev boshqaruvida Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Development Cup turniri g‘olibiga aylandi.
Yerevanda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnir o‘zbekistonlik futbolchilarning Makedoniya ustidan qozongan 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan boshlangandi. Keyingi ikki turda ham Nuraliyev jamoasi raqiblaridan ustunroq bo‘ldi.
2-turda mezbon Armaniston termasi O‘zbekiston darvozasiga yo‘l topa olmadi va minimal hisobda imkoniyatni boy berdi — 0:1. 3-turda esa Kipr taslim qilindi — 3:2. Shu tariqa jami 9 ochko to‘plagan O‘zbekiston U16 termasi yuz foizlik natija bilan chempionga aylandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlari o‘tgan hafta tashlangan qur’aga ko‘ra, Osiyo chempionatining saralashida Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn va Shri-Lanka termalariga qarshi kurash olib boradigan bo‘ldi.
Development Cup
1-turO‘zbekiston — Makedoniya 2:12-turO‘zbekiston — Armaniston 1:0
3-turO‘zbekiston — Kipr 3:2
Izoh (0)