WSB guruh bosqichini 3 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat bilan yakunlagan Uzbek Tigers’ning chorak finaldagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi.
Turnirning amaldagi g‘olibi hisoblangan Cuba Domadores yarim final yo‘lida o‘zbekistonlik bokschilarga qarshi jang qiladi. Mazkur ikki jamoa o‘tgan yil yarim finalda to‘qnash kelgan bo‘lib, Uzbek Tigers Kubadan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytib kelgandi.
Toshkent mezbonlik qilgan finalda kubaliklar Astana Arlans jamoasidan ustun kelgan va bosh sovringa ega chiqqan.
Cuba Domadores’ga qarshi ilk janglar 13-may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Javob bellashuvlari oradan olti kun o‘tib — 19-may kuni Kubada tashkil etiladi.
Qiziq tomoni, bir guruhda kurash olib borganiga qaramay, qozog‘istonning Astana Arlans va Rossiyaning Patriot Boxing Team klublari chorak finalda yana to‘qnash kelib qoldi.
Yarim final yo‘lida Fransiya va Britaniya bokschilari o‘zaro ringga chiqsa, so‘nggi juftlikni Italiya va Kolumbiya to‘qnashuvi tashkil qilgan.
Izoh (0)