Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya masalasi bo‘yicha yaqin aloqada bo‘lishga kelishib oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Abening so‘zlariga ko‘ra, tomonlar hududdagi keskinlik oshib borayotganligi tufayli Pxenyandan bosiqlikni talab qiladi.
Abe Tramp bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng gap Shimoliy Koreya haqida borayotganda barcha variantlarni ko‘rib chiqilayotganligini ko‘rsatuvchi AQSh yetakchisining pozitsiyasini yuqori baholaganligini jurnalistlarga ma’lum qildi.
23-aprel, yakshanba kuni Yaponiya dengiz mudofaa kuchlari AQSh Harbiy-dengiz kuchlari aviatashuvchi zarba berish guruhi bilan Tinch okeanida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshlanishi haqida e’lon qilganligi ma’lum qilingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)