2017-yilning 25-aprel kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushog‘lu rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrif doirasida Mavlut Chavushog‘luning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
Dasturda Turkiya delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, tashqi ishlar va tashqi savdo vazirliklarida ham muzokaralar o‘tkazishi belgilangan.
Izoh (0)