22-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga Afg‘oniston delegatsiyasi tarkibida amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston prezidentining infratuzilma, kadrlar resursi va texnologiyalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy hamda prezidentning MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining 23—24-yanvar kunlari Kobul shahriga tashrifi va Afg‘oniston rahbariyati bilan olib borgan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni ijro etish jarayoni batafsil muhokama qilindi.
Xususan, 2017-yilda ikki mamlakat o‘rtasida keng miqyosli hamkorlikni yanada rivojlantirish rejasi (“Yo‘l xaritasi”)ni amalga oshirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bo‘yicha fikr almashildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)