22-aprel kuni Fransiya Polineziyasida dayving bilan shug‘ullanayotgan ikki nafar Rossiya fuqarosi suvga sho‘ng‘ish jarayonida halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, rossiyalik Fransiya Polineziyasi universitetida matematikadan dars bergan Aleksey Zikin va uning ayoli Tatyana Makarova Tuamotu orollaridan 60 metr chuqurlikda joylashgan ulkan suv osti g‘orini tekshirish jarayonida halok bo‘lgan. Rossiyaliklar bilan birga yana bir akvalangchi — fransiyalik yo‘riqchi ham halok bo‘lgan.
Qutqaruv xizmati axborotiga ko‘ra, hozirga qadar uch kishining jasadini suv sathiga olib chiqishning iloji bo‘lmagan. Ular suv osti g‘orida bo‘lib turibdi.
O‘z navbatida, Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi diplomatik missiya hali rossiyaliklar halokati haqida ma’lumotga ega emasligini, OAVda tarqatilgan yangilik tekshirilayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)