Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi kunlarda Toshkentda talabga javob bermaydigan garajlar buzilayotganligi bilan bog‘liq suratlar tarqalmoqda, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.
Garajlardan birining tagidan 38 million dollar topilganligi haqida mish-mishlar va fotosuratlar tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda ana shu mish-mishlarga oydinlik kiritildi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev mazkur surat fotomontaj ekanligi, Toshkentda bunday holat aniqlanmaganligini ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur pullar Ekvadordagi shaharlardan biridagi garaj ostidan topilgan bo‘lib, u hazil tariqasida O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)