Xitoyda internetda ro‘yxatdan o‘tgan minglab foydalanuvchilardan iborat Ivanka Tramp muxlislari klubi paydo bo‘ldi. Ular AQSh prezidenti qizini faqat ma’buda deb atamoqda. Bu haqda Amerikaning NBC telekompaniyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Xitoy xalqiga do‘stona munosabatda bo‘lgani uchun Xitoyda ko‘pchilik Ivankani yaxshi ko‘radi”, — dedi Pekindagi Texnologiyalar instituti professori Xu Sindou.
Mashhur bloger ham bo‘lgan Xu Sindou Ivanka oy taqvimi bo‘yicha nishonlanadigan Yangi yil munosabati bilan XXRning Vashingtondagi elchixonasiga tashrif buyurgani hamda farzandlariga Xitoy madaniyati haqida bilim berayotganini qayd etdi.
Blogerning fikricha, Ivankaning besh yoshli qizi Arabella Kushner aprel oyining boshida Florida shtatida tashrif bilan bo‘lib turgan XXR raisi Si Szinpin uchun xitoychada qo‘shiq kuylab bergani alohida ahamiyat kasb etgan. “Bu Xitoy madaniy vatanparvarligiga impuls taqdim etdi. Negaki bu voqea xalqaro hamjamiyat hayotida madaniyatimizning ahamiyati katta ekanligini namoyish etdi”, — dedi professor.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)