Joriy yilning 16–17 may kunlari Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Trampning turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, NTV telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, prezidentlar Suriyada IShIDga qarshi kurash olib borish masalalarini muhokama qiladi.
Bir necha kun muqaddam Erdo‘g‘on Tramp bilan Vashingtonda uchrashuv o‘tkazish masalasida kelishuvga erishganini ma’lum qilgan edi. Mazkur kelishuvga telefon muloqoti davomida erishilgani aytilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)