Albaniya parlamentining respublika yangi prezidentini saylash uchun chaqirilgan maxsus sessiyasi 19-aprel kuni yopildi. Alban telegraf agentligining xabar berishicha, spiker Iler Meta birorta ham nomzod qayd etilmaganligini ma’lum qilgan, deb yozadi TJournal.
Majlis ikkita chiqish bilan cheklandi. Birinchi chiqish davomida Meta milliy qonunchilikning davlat rahbari saylovlari to‘g‘risidagi talablarini deputatlarga eslatib o‘tdi va qo‘mita raisi Vasilika Xuziga so‘z berdi.
U esa, o‘z navbatida, prezidentlik saylovlari birinchi turini o‘tkazish to‘g‘risidagi hisobotni o‘qib berdi. Qo‘mita prezidentlik lavozimi uchun birorta ham nomzod ilgari surilmaganligini qayd etib, konstitutsiyaga muvofiq, ushbu raund yakunlanganligi haqida qaror qildi.
Mamlakatdagi muxolifat parlament majlisiga nisbatan boykot e’lon qilib, o‘tish hukumatini chaqirish va yangi saylovlar o‘tkazishni talab qilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)