Ispaniyaning “Barselona” klubi Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalida taqdirga tan berdi. Turinning “Yuventus” klubi bilan raqobat hosil qilgan Luis Enrike shogirdlari 180 daqiqa davomida raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Tomonlarning Italiyadagi o‘yini “Yuve”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan bo‘lsa, javob o‘yinida hisob ochilmadi — 0:0. Bu jamoalar so‘nggi bor ikki yil avval Chempionlar ligasining finalida to‘qnash kelgan bo‘lib, o‘shanda kataloniyaliklar 3:1 hisobida g‘olib chiqqan va kubokni qo‘lga kiritgandi.
Ma’lumot uchun, “Yuventus”ga qadar Madridning “Atletiko” va “Real” klublari ham yarim final masalasini ijobiy hal qila olgandi.
Yevropa Chempionlar ligasi Chorak final 19-aprel, chorshanba
Izoh (0)