“Makdonalds” xodimi Facebook orqali qotillikni translyatsiya qilgan erkakni topishga yordam berdi

Pensilvaniya shtati Eri shahridagi “Makdonalds” restorani xodimining hushyorligi Ogayodagi qotillikni Facebook orqali translyatsiya qilgan Stiv Stivensning qayerda ekanligini aniqlash imkonini berdi. Bu haqda Washington Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Avvalroq Stivens 74 yoshli Robert Gudvinni o‘ldirganligi va hodisani Facebook orqali translyatsiya qilganligi haqida xabar berilgan edi. Keyinroq u Amerikaning Pensilvaniya shtatida ta’qib etilayotganda o‘z joniga qasd qilganligi ma’lum bo‘lgan edi.

Nashrning ma’lum qilishicha, 18-aprel, seshanba kuni Stivens avtomobilida restoran darchasiga kelib taom buyurtma qilgan. U buyurtmani olish uchun boshqa darcha tomon ketganda restoran xodimi 911 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Restoran xodimlari Stivensga buyurtmani biroz kutishga to‘g‘ri kelishini aytib, politsiya uchun biroz vaqtdan yutishga ham erishgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing