Prezidentning 4-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Andijon shahrining Kengash MFY xududida yashovchi Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, 92 yoshli Abdumutalib Tojiboyevga GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomobillarni bir martalik navbatsiz sotib olish va ularga bepul texnik xizmat ko‘rsatish uchun imtiyozli sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
“Yurtimiz doim tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin, — dedi faxriy. — Biz kabi faxriylarga ko‘rsatilayotgan doimiy hurmat va e’tibor uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz. Ko‘pdan beri nabiralarimga avtomobil olib berish istagida edim. Mana bugun Xudo xohlasa, orzularim ushaladigan bo‘ldi. Prezidentimizga ming rahmat”.
Abdumutalib Tojiboyev xonadoniga tashrif buyurgan shahar hokimligi, “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar vakillari otaxonga Prezident nomidan imtiyozli sertifikat, shuningdek, Damas avtomashinasi hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)