• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston hukumatining 2017-yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi

    18-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning birinchi choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Xususiy mulkni ishonchli himoya qilishni yanada ta’minlash va davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi tadbirkorlik faoliyati faollashishining sezilarli darajada o‘sishiga va joriy yilning birinchi choragida kichik biznesning 13,6 mingdan ortiq yoki 2016 yilning xuddi shu davridagiga qaraganda 64 foiz ko‘p yangi sub’ektlari tashkil etilishiga ko‘maklashdi. Kichik biznes sub’ektlariga 4,6 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratildi, bu 2016 yilning birinchi choragidagiga qaraganda 1,3 baravar ko‘pdir”, — deyiladi O‘zA axborotida.

    Faol investitsiya siyosati amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 9,7 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 10,5 foizga o‘sdi.

    Yil boshidan buyon 9 ta yirik korxona, shuningdek, 4 mingdan ortiq ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Yangidan tashkil etilgan “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

    Tarmoqlar va mintaqalarning eksport salohiyatini safarbar etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar eksportga mahsulot yetkazib berishning o‘sishini va tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosini ta’minladi. Yil boshidan buyon ilgari o‘z mahsulotini eksport qilmagan 258 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, tovarlarning 117 ta yangi turini eksport qilish, shuningdek, 28 ta yangi tashqi sotish bozori o‘zlashtirildi.

    Majlisda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosarlari A.Ramatov, G‘.Ibrohimov, R.Azimov, U.Ro‘ziqulov, T.Norboyevaning, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va viloyatlar hokimlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 14 yanvarda Vazirlar Mahkamasi majlisida hamda joriy yilning yanvar-aprelida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish bo‘yicha hisobotlari eshitildi.

    O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatovning, Davarxitektqurilish qo‘mitasi raisi B.Zokirovning, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati raisi F.I.Salomovning, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati raisi B.K.Zaripovning, Toshkent viloyati hokimi Sh.X.Boboyevning e’tibori hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tasdiqlangan o‘rtacha muddatli dasturlarini, shu jumladan, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani, qishloq joylarda va shaharlarda arzon uylar qurishni jadallashtirishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishning zarurligiga qaratildi.

    Eng avvalo, xorijiy investitsiyalar jalb etilgan investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqishni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida yirik strategik investitsiya loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarish ob’ektlarini belgilangan muddatlarda so‘zsiz ishga tushirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.Ibrohimovning, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisi A.S.Sultanovning, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E.R.Shoismatovning va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi A.A.Abdullayevning hisobotlari eshitildi. Muhokamalar davomida mamlakat Prezidentining Turkmaniston, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasiga yaqindagi davlat tashriflari davomida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha imzolangan bitimlar va kontraktlarni o‘z vaqtida bajarishni ta’minlashga doir qo‘shimcha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

    Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.K.Sharapovning e’tibori turizm sohasini rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini izchil amalga oshirish, turizm industriyasi sub’ektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan barcha to‘siqlar va g‘ovlarni olib tashlash, turizm xizmatlari bozorida raqobatni tashkil etishga yo‘naltirilgan dasturiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni tezlashtirish zarurligiga qaratildi.

    Majlisda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada kengaytirish va safarbar qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalda ro‘yobga chiqarishni ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.Ro‘ziqulovning, tashqi savdo vaziri E.M.G‘aniyevning, Jizzax va Buxoro viloyatlari hokimlari U.Y.Uzoqov va O‘.I.Barnoyevning, shuningdek, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ishi natijadorligi batafsil tahlil qilindi.

    Mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishni ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi raisi O.B.Rustamovga, “O‘zagrotexsanoatxolding” kompaniyasi raisi N.S.Otajonovga, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Oltinko‘l (Karimov), Buloqboshi (Maxsudov), Qo‘rg‘ontepa (Ergashev), Xo‘jaobod (Ismailov), Buxoro (Esonov), Vobkent (Javodov), Baxmal (Safarov), Sariosiyo (Jo‘rayev), Sirdaryo (Nazarov) va Quva (Rahmonov) tumanlari hokimlariga shaxsiy baho berildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.Ro‘ziqulovga, tashqi savdo vaziri E.M.G‘aniyevga, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi raisi O.B.Rustamovga, “O‘zagroeksport” kompaniyasi raisi J.A.Xolmuxamedovga, barcha darajalardagi hokimliklarga logistikaning zamonaviy tizimini rivojlantirishni jadallashtirish, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini, shu jumladan, Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkazilishi davomida tuzilgan shartnomalar doirasida eksportga yetkazib berishning kafolatlangan hajmlarini ta’minlash yuzasidan tizimli chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva, “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi Sh.S.Javlonov hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga oilalarda, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida ularni har xil halokatli tahdidlardan, yot diniy va ekstremistik ta’sirlardan himoya qilish, shuningdek, xotin-qizlarning, shu jumladan, tadbirkorlik sohasida oqilona mashg‘ul bo‘lishini ta’minlash maqsadida ma’naviy-axloqiy va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar qo‘yildi.

    Majlisda 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini hamda tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan maqsadli parametrlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha mamlakat Prezidentining joriy yil 11 apreldagi qarori talablari amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash zarurligi qayd etildi.

    Respublika Hukumatining majlisiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish yakunlari bo‘yicha 2017 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan mavjud zaxiralarni safarbar etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan tegishli qarorlar qabul qilindi.

     “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    18.04.2017, 20:23   Izoh (0)   8437
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi boshqa nom va vazifalar bilan qayta tashkil etildi

    18.04.2017, 20:09

    O‘zbekiston hukumati erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqladi

    18.04.2017, 19:35

    O‘zbekiston Milliy bog‘ida Adiblar xiyoboni barpo etiladi

    18.04.2017, 19:28

    Intizomsiz rahbarlarga yangicha jazo (yoki ishonchni oqlash uchun yana bir imkoniyat)

    18.04.2017, 19:08

    Farg‘onada noqonuniy ravishda chigit saqlayotgan fuqaro aniqlandi

    18.04.2017, 18:44

    Buvayda tumanida noqonuniy ravishda diniy ta’limotdan dars berib kelgan shaxs qo‘lga olindi

    18.04.2017, 18:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Isroil Eron prezidentini o‘ldirishga uringani uchun tovon to‘laydi” — eronlik amaldor

    Dunyo | 13 iyul, 21:05

    Ukrainada razvedka xodimini o‘ldirishda gumonlangan rossiyalik agentlar yo‘q qilindi

    Dunyo | 13 iyul, 20:40

    Ozarbayjon Suriyaga gaz yetkazib beradi

    Dunyo | 13 iyul, 20:15

    Arizonada 18 yilda ilk bor vabodan o‘lim qayd etildi

    Dunyo | 13 iyul, 19:45

    Eron MAGATE bilan “yangicha formatda” hamkorlik qiladi

    Dunyo | 13 iyul, 19:27

    Sankt Peterburgdagi migratsiya markazida fuqarolar temir panjaralar ichida yotganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 18:59

    Putin 25 yil oldin prezident bo‘lishni xohlamaganini aytdi

    Dunyo | 13 iyul, 18:11

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.