So‘nggi sutkalar ichida Iroq harbiylari Mosulning “An-Nuriy” jome’ masjidi ostonasida IShIDning 60 dan ziyod a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda Iroq federal politsiyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Iroq federal politsiyasi rahbari general-leytenant Rayed Shaker jangarilarning sakkizta harbiy texnikasi ham yo‘q qilingani hamda xudkushlar amalga oshirishi lozim bo‘lgan bir necha hujum oldi olinganini ma’lum qildi.
Avvalroq harbiylar IShID nazoratida bo‘lgan “An-Nuriy” jome’ masjidiga qadar yetib kelgani xabar qilingan edi.
Qayd etish joiz, ushbu masjidni ozod qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, 2014-yil 29-iyun kuni IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy aynan shu yerda xalifalik tashkil etilganini e’lon qilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)