O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, 13-aprel kuni soat 14:30 larda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida 1987-yilda tug‘ilgan, Olmazor tumanida yashovchi A.N. boshqaruvidagi Lacetti boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
“Natijada haydovchi A.N. voqea joyida halok bo‘lgan va uning farzandi — 2017-yilda tug‘ilgan A.A. kasalxonada vafot etgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Haydovchining 2008-yilda tug‘ilgan farzandi — A.D. hamda u bilan bir manzilda yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan E.O. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)