Facebook ma’muriyati foydalanuvchilaridan biri o‘zi sodir etgan qotillikni ijtimoiy tarmoq orqali translyatsiya qilganligi munosabati bilan joylashtirilgan materiallar ustidan shikoyat qilish jarayonini osonlashtiradi. Bu haqda 17-aprel, dushanba kuni Facebook’ning global operatsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Jastin Osofski kompaniyaning rasmiy sayti orqali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Osofski ijtimoiy tarmoq xodimlari yuz bergan hodisa tufayli qoidalarga mos kelmaydigan materiallar joylashtirilganligi haqida foydalanuvchilarning shikoyat qilishini osonlashtiruvchi tizim faoliyatini qayta ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qildi.
Facebook vitse-prezidenti so‘zlariga qaraganda, bundan ijtimoiy tarmoq me’yorlariga zid video yoki boshqa materiallar haqida imkon boricha tezroq va osonroq xabar berilishini kafolatlash maqsadi ko‘zlangan.
Ushbu o‘zgarishlarga 16-aprel, yakshanba kuni sodir bo‘lgan hodisa sabab bo‘ldi. Stiv Stivens ismli gumonlanuvchi 74 yoshli Robert Gudvinni o‘ldirgan. Ular o‘zaro tanish bo‘lmagan. Qotillik aks etgan videoni Stivens o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joylagan, ammo, taxminan, uch soatdan keyin uni olib tashlagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)