O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralarining 19-aprel kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida ikkala tomondan 100 dan ziyod tadbirkor ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.
Tojikistonda ilk bor O‘zbekiston sanoat tovarlari namoyishiga bag‘ishlangan ko‘rgazma-yarmarka 17-aprel kuni ochilib, 21-aprelga qadar davom etadi. Ushbu ko‘rgazma-yarmarka doirasida o‘tkaziladigan biznes-forum Tojikiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv o‘zaro manfaatli ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik munosabatlarni rivojlantirish, sheriklar topish, qo‘shma korxonalar tuzish, investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat aholisining farovonligini oshirishga erishish maqsadlariga yo‘naltirilgan.
Ko‘rgazma-yarmarka “Poytaxt-90” nomli savdo markazida bo‘lib o‘tib, unda O‘zbekistonning 160 ta korxonasi tomonidan avtomobilsozlik, yuqori sifatli avtomobil sanoati, kimyo sanoati, yengil, tekstil, elektrotexnika, attorlik, farmatsevtika va mebel sanoatlari mahsulotlari namoyish etiladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)