“Universal tennis plyus” tennis majmuasida o‘zbekistonlik professional tennischilar Denis Istomin va Farrux Do‘stov “O‘zbekiston havo yo‘llari” DAK mutaxassislariga mahorat saboqlarini berdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” bosh direktori Valeriy Tyan boshchiligidagi aviakompaniya sport jamoasi mamlakatning birinchi raketkasi Denis Istomin va Farrux Do‘stov bilan juftlik bahslarini o‘tkazdi.
Mahorat saboqlaridan keyin professional tennischilar va aviakompaniya rahbari ishtirokida juftlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, avikompaniyaning boshqaruv tarkibi o‘rtasida turnir bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning yetakchi tennischilari bilan uchrashuv o‘tkazishdan asosiy maqsad aviakompaniya yoshlari va xodimlarining farzandlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilib, katta tennisni ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)