Yevropa ligasining chorak finalidan joy olgan “Lion” — “Beshiktosh” o‘yini belgilanganidan 1 soat kechroq boshlandi. Bunga turkiyalik muxlislar tomonidan keltirib chiqarilgan tartibsizlik sabab bo‘ldi, deb ma’lumot berdi “Chempionat”.
“Beshiktosh”ga muxlislik qilish uchun tashrif buyurganlar stadionning ustki yarusidan joy olgan va o‘yin boshlanishi oldidan pastki yarusda o‘tirgan fransiyalik ishqibozlarni petarda va boshqa pirotexnika vositalari bilan o‘qqa tuta boshlagan.
Haqiqiy tuzoqqa tushib qolgan fransiyalik futbol muxlislari maydon tomonga qochishga majbur bo‘lgan. Ular tepa yarusdan uchib kelayotgan qattiq jismlardan o‘zini himoya qilish uchun ham shunga majbur bo‘lgan.
Tartibsizlik bartaraf etilgach, uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda “Lion” mehmonlar ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi — 2:1.
Izoh (0)