AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen 13-aprel kuni 2 kunlik tashrif bilan Jizzax viloyatiga keldi. Bu haqda elchixonaning Facebook’dagi sahifasiga asoslanib, “Sangzor.uz” xabar bermoqda.
Tashrifning birinchi kunida elchi Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Uzoqov bilan uchrashdi. Ulug‘bek Uzoqov va Pamela Spratlen o‘zaro muzokaralardan so‘ng bir-birlariga esdalik sovg‘alari taqdim etdi.
Shundan so‘ng, Jizzax davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan uchrashuvda elchi institutda ta’lim sohasidagi almashuv dasturlari hamda ingliz tilini o‘rganish masalalarini muhokama qilgani ta’kidlanmoqda.
Elchixonaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, viloyat bo‘ylab safari davomida elchi Spratlen Jizzax erkin iqtisodiy hududi faoliyati bilan tanishdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)