Yaponiyaning Miyadzaki shahrida mahalliy navdagi bir juft noyob mango kimoshdi savdoda rekord summa – 400 ming iyena (taxminan 3,7 ming dollar)ga sotildi. Mangoni Fukuoka shahridagi univermaglardan birining xo‘jayini sotib oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, mango xaridori mevalardan rekmala maqsadida foydalanmoqchi. Kimoshdi savdoda 200 ga yaqin da’vogar ishtirok etdi.
Bunday savdoda faqatgina shakar miqdori 15 foizda ortiq, vazni esa 350 gramm bo‘lgan mahalliy “Quyoshli nav” mangolari ishtirok eta oladi. Kimoshdi savdoda sotilgan bir juft mangoning umumiy og‘irligi 1 kilogrammdan oshiq edi.
Mavzuga doir: Yaponiyada qora tarvuz 4,7 ming dollarga sotildi
Izoh (0)