“Vesti nedeli” dasturi boshlovchi Dmitriy Kisilyov bilan birga Valeriy ismli suyakdan naqshli buyumlar yasovchi ustani ko‘rsatdi, aytishlaricha, uning familiyasi eng uzun chukotkacha familiya — Vikviragtirgirgin. Tomoshabinlar o‘ymakor ustaning familiyasi ustidan Twitter’da kuldi, deb xabar berdi “Rambler”.
Ba’zilarga ustaning familiyasi o‘t olgan motorning ovoziga va tez aytishda foydalanish mumkin bo‘lgan so‘zga o‘xshab ketgan. “Diletant” jurnali saytining bosh muharriri Aleksey Solomin bunaqa familiya uchun Vikviragtirgirginga “turmushga chiqishga” tayyorman deya hazillashdi.
Blogerlar usta shaxsiyati bilan qiziqib, uning “Krayniy Sever” gazetasida bosib chiqilgan intervyusini topdi. Aniqlanishicha, Vikviragtirgirgin 1955-yilda Elyotkonvin qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasining ismi Yatgirgin, onasi esa — Miyn’in’ev.
Foydalanuvchilar uning familiyasi “mard, katta, qo‘pol, qorong‘i, sovuq, kuchli, buyuk” kabi tarjima qilinishini yozdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)