Ukraina parlamenti inson huquqlari bo‘yicha kichik qo‘mitasi raisi Vadim Rabinovich mamlakatda referendum o‘tkazish va unda prezidentlik lavozimini bekor qilish lozim deb hisoblaydi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Hukumatning parlament shakli Ukraina uchun ideal mos keladi. Partiyamiz prezidentlik lavozimi referendumda bekor qilinishi lozim deb hisoblaydi”, — dedi Rabinovich.
U, shuningdek, prezident nomiga siyosiy arbob hisoblanuvchi Germaniyani misol keltirdi.
“Prezident hokimiyatga keladi, es-hushi joyidadek, keyin yon-atrofdagilar uni yillar davomida u dohiy va yanglishmaydigan odam ekanligiga ishontiradi, shu xolos. Parlamentda esa vaziyat jonliroq, harakat ko‘proq ”, — deya ta’kidladi Rabinovich.
Bundan tashqari, u parlamentdagi amaldagi koalitsiyani “noqonuniy” deb atadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)