Gruziya energetika vaziri Kaxa Kaladze mamlakat 2017-yilning yakuniga qadar Rossiya gazini xarid qilish bo‘yicha birorta ham shartnoma tuzmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Business Gruziya” nashri ma’lum qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Nashrning ma’lum qilishicha, yanvarda Rossiyadan xarid qilingan tabiiy gaz hajmi 100 million kub metr, fevralda esa 70 million kub metrni tashkil qilgan.
Apreldan Gruziya aholi va tashkilotlarni Ozarbayjon gazi bilan ta’minlashga o‘tadi.
“Bizga Ozarbayjon yoki Erondan gaz xarid qilish imkoniyati taqdim etildi. Bugun biz e’tiborni to‘liq Ozarbayjon tabiiy gaziga qaratish haqidagi qarorni qabul qildik”, — deydi vazir.
Mamlakat energetika vazirining ma’lumotlariga qaraganda, 2017-yilda Ozarbayjondan Gruziyaga 2,347 milliard kubometr (95,5 foiz) gaz keltiriladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)