2018-yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga chiqish uchun saralash o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik futbolchi qizlar ketma-ket ikki g‘alabadan so‘ng mag‘lubiyat alamini ham totib ko‘rdi.
Saralash o‘yinlariga mezbonlik qilayotgan KXDR termasi poytaxt Pxenyanda Sherali Boboqulov murabbiylik qilayotgan jamoa darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. O‘zbekistonlik qizlar bunga qadar Gonkong ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan, Hindistonni 7:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Reglamentga ko‘ra, guruhda faqat peshqadam Osiyo chempionatining final bosqichiga yo‘l oladi. Uchinchi o‘yindagi mag‘lubiyat o‘zbekistonlik futbolchilarni bundan mosuvo qildi. Endi kurash Koreyaning ikki qutbi o‘rtasida kechadi.
OCh—2018. Saralash “B” guruhi. 3-tur 9-aprel, yakshanba
Izoh (0)