Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Jon Makkeyn Vashington Idlibda sodir etilganini gumon qilayotgan kimyoviy hujum uchun Oq uy qisman aybdor ekanligini aytdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Unga (Oq uyga) aybning bir qismini yuklash mumkin”, — deb hisoblaydi Makkeyn. Avvalroq respublikachi AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning Suriya prezidenti Bashar Asad taqdirini mamlakat xalqi hal etishi va uning hokimiyatdan chetlatilishi Vashingtonning birlamchi vazifasi emasligi haqidagi bayonotiga nisbatan norozilik bildirgan edi.

Shuningdek, senator AQSh prezidenti Donald Trampning Suriya aerodromiga raketali zarba berish qarorini ma’qulladi va ushbu xatti-harakatlarni siyosatdagi burilish deb atadi. “Mening fikrimcha, prezidentning xatti-harakatlari — juda yaxshi birinchi qadam, u siyosatda so‘nggi sakkiz yildagi burilish bo‘ldi”, — deya ta’kidladi Makkeyn.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi