IShID 9-aprel kuni Misrda sodir bo‘lgan ikki terrorchilik harakatiga javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Misrdagi ikki terakt IShIDga tegishli guruh tomonidan amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Misrning G‘arbiya viloyati, Tanta shahridagi “Mar Girgis” koptlar cherkovida portlash sodir etilgach, ko‘p o‘tmay Iskandariya shahridagi cherkov darvozasi yaqinida ham xudkush o‘zini portlatib yubordi. Biroz vaqtdan so‘ng, Tanta shahrida yana bir terakt sodir etildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)