Shvetsiya bosh vaziri Stefan Leven mamlakat poytaxti Stokgolmda yuk mashinasining odamlar ustiga bosib borishini terrorchilik harakati deb e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi tan jarohati olgan.
7-aprel kuni Stokgolm markazida yuk mashinasi odamlar ustiga bosib bordi, so‘ng supermarket oynasiga borib urildi.
Hodisa uchun javobgarlikni hozircha hech kim o‘z zimmasiga olmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)