AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp otasi — Donald Trampni qanday tanqid qilishini so‘zlab berdi. Bu haqda The Cut nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Ovozingizni eshitishlari uchun ko‘p usullar mavjud deb hisoblayman”, — dedi davlat rahbarining qizi.
Trampning so‘zlariga qaraganda, ba’zi holatlarda bu qarshilik yoki televideniyeda chiqish bo‘lsa, boshqa holatlarda “jim” va “to‘g‘ridan-to‘g‘ri” ta’sir ko‘rsatish ham mumkin.
Prezident qizining ta’kidlashicha, uning omma oldida chiqish qilmasligi u otasiga “achchiq haqiqat”ni gapirmasligini anglatmaydi. Tramp aniq bir misollarni keltirmadi. U vaqt o‘tishi bilan u ko‘rsata oladigan ta’sir haqida odamlar ehtimol bilmasligi ham mumkinligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ivanka Tramp Oq uy rahbarining maslahatchisi rasmiy maqomini olgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)